Ma'lumotlarni o'chirish
Instagram AI Agent'dagi ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Ikki yo'li bor, natija bir xil.
1-yo'l — Instagram orqali
Instagram'da Settings and privacy → Apps and websites bo'limiga kiring, Mirobid Social Tools ni toping va Remove ni bosing.
Instagram bizga avtomatik xabar beradi. Biz darhol access token'ni yo'q qilamiz va o'sha akkaunt uchun saqlangan ma'lumotni o'chiramiz, so'ng holatni kuzatish uchun tasdiqlash kodini qaytaramiz.
2-yo'l — bizga yozing
usmonovm007@gmail.comga hisobingizdagi manzildan yozing yoki Instagram username'ingizni ko'rsating. 7 kun ichida o'chiramiz va email orqali tasdiqlaymiz.
Nima o'chadi
- Saqlangan Instagram access token — darhol.
- Ulangan akkaunt yozuvi: username, profil ma'lumotlari, obunachi va post soni.
- O'sha akkaunt uchun saqlangan barcha suhbat va xabarlar.
- Sizga yozgan odamlar haqidagi kontaktlar, teglar va eslatmalar.
- Komment qoidalari, avtomatizatsiya oqimlari va rejalashtirilgan postlar.
- O'sha akkaunt uchun kelgan webhook eventlari.
Nima qoladi va nega
- O'chirish yozuvi— tasdiqlash kodi, akkaunt identifikatori va sana. So'rov bajarilganini isbotlash uchun saqlanadi. Ichida hech qanday xabar matni yo'q.
- Texnik loglar— 30 kungacha, keyin odatdagi tartibda o'chadi. Ularda so'rov bo'lgani qayd etiladi, mazmuni emas.
Bu yerda o'chirish Instagram'dagi hech narsani o'chirmaydi. Postlaringiz, kommentlaringiz va xabarlaringiz Instagram akkauntingizda qoladi.
Holatni tekshirish
Instagram orqali o'chirgan bo'lsangiz, tasdiqlash kodi berilgan. /data-deletion/status/<kod>manzilini oching — so'rov bajarilganini ko'rasiz.
Butun hisobni o'chirish
Instagram ulanishini o'chirish Instagram AI Agent'dagi hisobingizni qoldiradi. Uni ham o'chirish uchun dashboard sozlamalaridan “Hisobni o'chirish” ni tanlang yoki bizga yozing. Bunda emailingiz, ismingiz, parol hash'i, workspace va barcha ulangan akkauntlar yo'q qilinadi.